«davlat budjeti-2024» tegli maqolalar


Ai-80 benzini bahorda qimmatlaydi. 1-apreldan benzin, dizel yonilg‘isi va gazga nisbatan aksiz solig‘i oshiriladi
3 yanvar 2024, 15:45

Ai-80 benzini bahorda qimmatlaydi. 1-apreldan benzin, dizel yonilg‘isi va gazga nisbatan aksiz solig‘i oshiriladi

O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.

O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi
29 dekabr 2023, 10:25

O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2024-yildan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalariga yo‘ldan foydalanganlik uchun yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

2024-yildan jismoniy shaxslar uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi
28 dekabr 2023, 19:51

2024-yildan jismoniy shaxslar uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi stavkalar Toshkent shahrida deyarli 50 foizga oshayotganiga izoh berdi.

Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi
26 dekabr 2023, 13:28

Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori YAIMning 4 foizi miqdorida belgilandi.

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
16 dekabr 2023, 10:25

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi
21 noyabr 2023, 12:31

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat budjeti loyihasini ko‘rish jarayonida energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilashni taklif etishdi.

“Snos”lar bo‘yicha qarzdorligi bor hokimliklarga budjetning oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi
14 noyabr 2023, 14:20

“Snos”lar bo‘yicha qarzdorligi bor hokimliklarga budjetning oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi

Hokimliklarga aholi va biznesdan “snos” yoki mulkni olib qo‘yish bo‘yicha qarzi bo‘lgan holatda, budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi. O‘zbekiston hukumati qonun hujjatlariga bu bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?
7 noyabr 2023, 10:43 1

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?

2024-yilda davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga 1,1 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Vazirlik xarajatlari orasida davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish kabi bandlar mavjud.

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi
6 noyabr 2023, 11:36

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi

Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida
3 noyabr 2023, 11:33

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?
2 noyabr 2023, 18:12

Gaz, elektr va boshqa sohalarga subsidiyalar uchun davlat budjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?

2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.

O‘zbekistonning 2024-yilgi Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
1 noyabr 2023, 12:19

O‘zbekistonning 2024-yilgi Davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2024-yilgi davlat budjeti loyihasini e’lon qildi. YAIM o‘sishi 5,6−5,8 foiz, inflyatsiya 8−10 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasini 3 foiz o‘rniga 4 foiz (52,5 trln so‘m) darajasida tasdiqlash taklif etilmoqda.

“Davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi” — prezident
24 oktabr 2023, 10:05

“Davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi” — prezident

Prezident endilikda davlat budjetining har bir satri bo‘yicha aniq shaxslar javobgar bo‘lishini ma’lum qildi. U budjet intizomini kuchaytirish zarurligini, budjet mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o‘tkazishni kengaytirishni ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting